Birdamlik Harakati

O’zbekison Demokratik Nozo’ravon Harakati

Birdamlik Harakati RSS Feed
 
 
 
 

Inson Erki va Sha’ni Daxlsizdir

O'zbekiston Passporti  Namanganda “Odam savdosini bartaraf etishning tashkiliy huquqiy muammolari” mavzuida mintaqaviy konferensiya bo‘lib o‘tdi.Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyati huquq-tartibot idoralari mutasaddilari, olim va mutaxassislar, davlat va jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan anjumanda “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Prezidentimizning shu yil 8 iyulda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasidagi vazifalar muhokama qilindi.
Anjumanda milliy qonunchiligimizda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalarining ifodalanishi, mamlakatimizda olib borilayotgan sud-huquq islohotlarining mohiyati, inson huquqlarini himoyalash borasida huquq-tartibot idoralari hamda nodavlat-notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Davomi »

Birdamlik Nega Kuchaymoqda?

Birdalik Harakati A'zolari  O’zbekiston muholifati hamda muhojirlari orasida  Birdamlik Harakati obro’-e’tibori o’sib bormoqda.  Siyosiy sahnada nozo’ravon yo’lni tanlagan tashkilot bugungi kunda safdoshlari hamda do’stlari soni bo’yicha liderlik qilmoqda. Bunga sabab birinchisi, O’zbekistonni tark etgan minglab muhojirlar bo’lsa, ikkinchisi muholifat orasida kuchli tartibli va demokratik printsiplarga ega bo’lgan siyosiy-ijtimoiy tashkilotga ehtiyoj mavjudligidir.  Demokratik harakat vakillari bilan suhbatdan so’ng qilingan hulosamiz shu bo’ldiki, ular Birdamlik Harakatiga aynan demokratik ,ochiq  tashkilot va nozo’ravon - tinch yo’lini tanlagan uchun birlashmoqdalar. Boshqa muholifiy tashkilotlardan farqli o’laroq bu tashkilot “harakat” maqomidaligi va har qanday siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalar a’zolari ham a’zo bo’lib o’z imkoniyatlarini birlashtirishlari mumkin. 
   Birdamlik Harakati siyosiy analitiklarni fikricha kelasi 4-5 yilda  dunyo bo’ylab  2  milliondan ortiq a’zolarga  ega bo’lgan kuchli siyosiy-ijtiomiy tashkilotga aylanadi. Davomi »

Rossiya Gruziyadan Harbiy Kuchlarini Olib Chiqadi

Gruziya va Rossia MojarosiAyni damda Yevropa Ittifoqini boshqarayotgan Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi bugun Moskvada. Rossiyani Gruziya bilan imzolangan sulhga to’liq amal qilishga ko’ndirganini aytmoqda.
Sarkozi va prezident Dmitriy Medvedev orasidagi uchrashuv natijalariga ko’ra, Janubiy Osetiya bo’yicha muzokaralar 15 oktyabrda Jenevada boshlanadi. Rossiya bir oy ichida harbiy kuchlarini Gruziyadan olib chiqishi kerak. Sarkozining aytishicha Rossiya bilan diplomatik dialog davom etadi.
Sarkozi vositachilik qilgan sulh shartlariga ko’ra tomonlar urushdan oldingi pozitsiyalariga qaytishi kerak edi. Biroq Rossiya Gruziyada qolgan harbiylarini “tinchlikparvar kuch” deb atab, hali-beri chiqarmasligini bildirayotgan edi.
Sababi shundaki, apil-tapil tuzilgan sulh matnida aniqlik yetishmaydi. Natijada har bir tomon uni o’zi bilganicha talqin qilishi mumkin. Davomi »

Arhiv