Birdamlik Movement

Nonviolent Solidarity Movement of Uzbekistan

Birdamlik Movement RSS Feed
 
 
 
 

Forum

This forum requires Javascript to be enabled for posting content

Foydalanuvchi/User: Mehmon/Guest
Assalomu alaykum! Birdamlik Harakati Forumiga Hush Kelibsiz! Forumimizda to\’la huquqli qatnashish uchun Birdamlik Harakatiga a`zo bo`lishingiz lozim , aks holda marhamat forumimizning(Barcha uchun)bo`limiga tashrif buyuring.

2008 yil 28 aprel YeI Vazirlar Kengashining Inson Huquqlari Bo`yicha Sammitiga

Post

Nargiza Igamberdieva
- New Member

2:20 pm - April 28, 2008

posts 1






 
1

MUROJAAT

Yevropa Ittifoqining 28 aprelda bo`lib o`tadigan yig`ilishida O`zbekistonga nisbatan qo`llaniladigan sanktsiyalarni rezervatsiyalash (saqlab qolish yoki keyinga qoldirish) yoki umuman ularni bekor qilish masalasi qo`yilgan.

Shuningdek, 2005 yil noyabr oyida bo`lib o`tgan summitda taklif qilingan sanktsiyalar qayta muzokaraga qo`yilgan. Eslatib o`tamiz, 2005 yil noyabrdagi Yevropa Ittifoqi sammitidan so`ng O’zbekistonga nisbatan sanktsiyalar qo`llanila boshlangan. Ya`ni Yevropa Ittifoqi a`zo davlatlariga O`zbekistonga har qanday harbiy ta`minotni man etdi hamda 12 nafar yuqori darajali O`zbekiston rasmiylariga Yevropa Ittifoqi hududiga kirish ta`qiqlandi.

Bu sanktsiyalarni qabul qilishini Yevropa Ittifoqi Vazirlar Kengashi , O`zbekiston- judayam repressiv mamlakat va u yerda inson huquqlari va erkinliklari kamsitilmoqda va toptalmoqda, bunday holat Andijon voqealaridan oldin ham keyin ham davom etmoqda deya izohlagan.

O`zbekistonda siyosiy va iqtisodiy islohotlar yetishmasligi mamlakat fuqarolarinig asosiy haq-huquhlari va erkinliklari hukumatning o`zi tomonidan buzilishi va toptalishiga sabab bo`lyabdi.

Hozirgi kunda mamlakat qamoqhonalarida sanoqsiz insonlar o`zlarining siyosiy fikrlari yoki harakatlari uchun hamda mardlik ko`rsatgan jurnalistlar tazyiq va qiynoqlari ostida qamalganlar. Va sun`iy ravishda ularga berilajak amnitsiyalar bekor qilinmoqda.

Yevropa Ittifoqinig Kengashi O`zbekistonda adolat va demokratiya uchun kurashganlarni unutishiga yo`l qo`yilmasligi kerak!

O`ylaymizki, Yevropa Ittifoqi Kengashi sanktsiyalarni Andijon voqealarini mustaqil o`rganish uchun halqaro tekshiruvning kiritilmaganidan so`ng , javoban qabul qilinganlarini unutmadingiz.

Sir emaski prezident Karimovning diktatorlik rejimi O`zbekistonni siyosiy krizisga va jahondan izolyatsiya holatiga olib kelmoqda. Karimov shahsan O`zbekistonga nisbatan YeIning sanktsiyalari olib tashlanishidan manfaatdor.

Agar Ittifoq baribir o`z sanktsiyalarini bekor qilsa, mamlakatga hozirgi kunda kerak bo`lgan g`arbiy investitsiya oqimi boshlanishi mumkin. Biz ishonamizki , g`arbdan keladigan sarmoyaning ko`p qismi mamlakatdagi korruptsiya natijasida isrof bo`ladi. Hamda YeIning mamlakat bilan hamkorligi diktator Kariomvning Yevropa Ittifoqi tomonidan qo`llanilishi deya rasmiy propagandaga sabab bo`ladi.

Esingizda bo`lsa, O`zbekistonga nisbatan sakntsiyalar yumshatilishidan so`ng taniqli jurnalist Alisher Soipov otib ketildi va shu kungacha uning qotillari aniqlanmadi.

Taniqli O`zbek shoiri hamda muholifatchisi Yusuf Jumaning uyiga davlat organlari tomonidan bostirib kirilishi , unga nisbatan ma`naviy va jismoniy tazyiq o`tkazilishi, uni va uning o`g`lini qamalishlari bizga ma`lum bo`lgan nohush natijalardan biri.

Hozirgi kunda Evropa Ittifoqining O`zbekistonga qo`llayotgan harbiy ta`minot ramziy embargosi Evropa Ittifoqing o`zaro strategik istiqbollariga zid emasligini bildirmoqchimiz.

So`ngi paytlardagi YeIning strategik rejalari jarayoni shuni ko`rsatmoqdaki, ular faqat Evropa Ittifoqi manfaatlariga hizmat qilmoqda, va hattoki Andijon voqealarini hamda fuqarolarning qiynovi, quvg`ini va bosimlari haqda unutgan.

Hattoki, O`zbekistondagi noqonuniy prezident saylovlariga ham befarq bo`ldilar.

O`zbekistonning joriy hukumati haligacha har qanday kritikani va bir vaqtda repressiya siyosatini davom ettirmoqda.

Aytib o`tish kerakki, YeI ta`sirida 5 inson huquqlari himoyachilari qamoqda ozod etildilar.Shuningdek YeI ta`siri ostida O`zbekistonda oliy jazo umrbod qamoq jazosiga almashtirildi.

Sizlarning bu borada qilayotgan siyosiz choralaringizni yoki boshqacha qilib aytganda “Diktator bilan oyinlar” ingizni ko`ra turib , biz, shuni ma`lum qilmoqchimizki bunday hatti-harakatlar ikki standart siyosatidir va faqat G`arb manfaatlariga hizmat qiladi. Biz sizlardan o`ta havotir ila , O`zbekiston ahli uchun judayam zarur bo`lgan joriy sanktsiyalaringizni saqlab qolishingizni, hamda ularni sonini oshirishingizni so`raymiz!

Hurmat bilan ,

O`zbekiston muhojirlari, muholifat vakillari va huquq himoyachilari:

Muhiddin Qurbanov

Huquq Himoyachilari Halqaro Jamiyati Raisi

Hemgårdsvägen 15
С, 71234 Hällefors. Swedentel

Tel:+46737634977,
e-mail:
himoyachi@yahoo.com


Talib Yakubov

O`zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati Raisi

46, rue Eugéne Delacroix,

Angers , 49000, Francetel.

Tel: 0253916222
E-mail;
hrsu_tolib@rambler.ru


Ismoil Dadajonov

Birlik Partiyasi raisining o`rinbosari

Bigarrågräden 30, 253 75

Helsingborg,Swedentel;

Tel: +4642229736

Email:uzbek55@mail.ru

Vohid Umarov

“Yevropa O`zbeklari Kengashi” raisi

Skvadronsbaken75,1tr.
174 56 Sundbyberg,
Stockholm.

Email; vumarov@yahoo.com

Bahodir Choriyev

Birdamlik Harakatining lideri

1813 Peach St.,
Sant Peters, MO 63376, USA

Email: birdamlikharakati@yahoo.com , birdamlikharakati@gmail.com

Phone: +13146002889;

Fax: +16364478012

Avaz Fayazov

Birdamlik Harakatining Yevropa Bo`limi Raisi

Sväyavagatan
35.33150 Vernamo Swedentel

Tel: +46762177672
e-mail:
avazuz63@yahoo.com


Do`stnazar Hudoynazarov

O`zbekiston Erk Demokratik Partiyasining Yevropa bo`limi kordinatori

Stenbygränd 3,3tr 16370

Spånga. Swedentel.

Tel: +0739355495,

Email: dost.nazar@yahoo.com

Yevgeniy Dyakonov

Mustaqil Jurnalist

O`zbekiston hukumatining jinoyatlarini

Yoritish mustaqil nashriyoti

http://uzbek-people.narod.ru
sayti muallifi va bosh redaktori

Tel: (+47) 930-933-54.

Abdujalil Boymatov

O`zbekiston Inson Huqulari Jamiyati

Markaziy Kengashi a`zosi

15 Sundale,Meadow,

Tallaght,Dublin24.
Tel: +0870614883

Email:b_abdujalil@yahoo.com

Bahtiyor To`ychiyev

Halqaro Huquq Himoyachilari Jamiyati

Ukraina sektsiyasi raisi o`rinbosari
ulitsa Konstantinovicha

Dom 27 kv. 114,
Vinnitsa, Ukraina


Isoqjon Zokirov

Birdamlik Harakati Ukraina Bo`limi Raisi

Ukrainskaya Avtonomnaya respublika Krim

Bagchasaray

Tel:+38. 093.157.09.07

E-mail;isoqjon-zokirov@rambler.ru

To`lqin Qoraev

O`zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati Faoli

Rörvägen 1C , 833
61 Timrå, Sweden.Tel: 076 1040905
Email:
tulkin.karaev@comhem.se


Nuriddin Nizamuddinov
«Uygon O`zbekiston Demokrat Yoshlar Harakti»faoli
Privaslaan 72, 6904LJ Zevenaar

Email: Nederlandiyanuridin23@hotmail.com
Tel: +31644915420

Alim Karabaev

Birdamlik Harakati Yevropa Bo`limi O`rinbosari

Sandstensvägen52,tr2,13651Haninge,
Stockholmtel

Tel: +0735462867; +0842052979

Rafiq Ganiev

“Ezgulik” Inson Huquqlari Jamiyati faoli
väg 57
Kalmar
394 71.Cronstrands
Sweden

Tel:+46762027415

Email:uzbek.54@mail.ru

Nabibulla Narbutaev
”Birlik” partiyasi faoli

Gotlandsresan 174,
757 54
Uppsala. Sweden.

E-mail:nabi1956@mail.ru

Tel: +0737852124.


Reply to Topic: 2008 yil 28 aprel YeI Vazirlar Kengashining Inson Huquqlari Bo`yicha Sammitiga






Guest Name (Required):

Guest EMail (Required):

Guest URL (required)

Math Required!
What is the sum of: 10 + 6    
   (Required)

Topic Reply:


 

 

About the Birdamlik Movement forum

Currently Online:

1 Guest

Maximum Online: 21

Forums:

Groups: 1

Forums: 10

Topics: 47

Posts: 81

Members:

There are 12 members

There are 38 guests

admin has made 7 posts

Top Posters:

Alisher Jabborov - 12

Sardor - 6

G’ayrat Ibrohimov - 3

Bokhodir - 3

Rustam Shodiev - 2

Administrator: admin | Moderators: ab104886, Abdullaev Bahodir, Avazbek Salomov, tekshiruv, To’rabek Sano

© Simple:Press Forum - Version 3.0.3 (Build 320)  

.

Get the Flash Player to see the slideshow.

Topics

Links

Members | A'zolar